Italiyada ham "tanish-bilish" qilishar ekan

  • 22 noyabr, 2020, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan Jerom Boatengni olib qolmasligini bildirganidan keyin tajribali futbolchiga qator klublardan taklif bo‘lmoqda. Xususan, tarkibini yoshartirgan “Milan” rahbariyati jamoada yoshi katta futbolchilar bo‘lishini ham istamoqda.

Tecno

Shuning uchun milanliklar Boatengni olishga qaror qilgan. Biroq, germaniyalik futbolchini olish uchun “Milan” Angliya klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.  Bu oson emasligi bilgan italiyaliklar Jeromning akasi Kevin-Printsga murojaat qilmoqchi. Kevin-Prints ukasini “Milan”ni tanlashga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.  

Kevin-Prints Boateng 10 yil muqadam “Milan” tarkibida o‘ynagan va klub bilan do‘stona aloqalarini saqlab qolgan. Ayni paytda 37 yoshli futbolchi Turkiyadan kelib, Italiyaning “Montsa” jamoasiga kelib qo‘shildi.

“Yuventus” Moratani sotib olishdan bosh tortyapti

PSJ Neymar bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

“Barsa” bu futbolchini 10 yil o‘ynatmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!