Jahongir Zokirov prof boksdagi ikkinchi jangida ham raqibini ezib tashladi!

  • 29.06.2026 02:41
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabar berib o‘tganimizdek, og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Jahongir Zokirov “Zuffa Boxing”da debut jangini o‘tkazdi. 

Bokschimiz amerikalik Zachari Spillerga qarshi ringga ko‘tarildi. 5 ta jang o‘tkazib, hali mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan, okean orti vakili Zokirovning og‘ir zarbalariga dosh bera olmadi. 6 raund qilib belgilangan jang 2-raundda texnik nokaut bilan yakunlandi.

Shu tariqa Jahongir professional boksdagi ikkinchi jangida ham ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!