
Jamshid Iskanderov: "Vaziyatni o‘zgartirish uchun kuch to‘plashimiz oson bo‘lmadi"
“Mumbay Siti” – “Navbahor” uchrashuvida jarimadan super gol urgan Jamshid Iskanderov bellashuvdan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Uchrashuv juda qiyin kechdi. Ayniqsa, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng, qiynaldik. Boisi, bu jamoamizning joriy mavsumdagi so‘nggi o‘yini edi va vaziyatni o‘zgartirish uchun kuch to‘plashimiz oson bo‘lmadi.
Jarima zarbasidan gol urganligimga keladigan bo‘lsak, Superliga hamda O‘zbekiston Kubogi bahslarida ham jarima zarbalaridan to‘p kiritgandim. Bugun ham omadim keldi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar