Jan Shuay ham chorak finalda o‘ynaydi
Xitoylik tennischi Jan Shuay "Hungarian Ladies Open - 2018" turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning ikkinchi davrasida slovakiyalik Yana Chepelova bilan uch set davomida bahslashdi. Mazkur bahsda Jan raqibini 2:6, 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Shauy Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan turnirning yarim finaliga chiqish uchun belgiyalik Alison Van Uytvankga qarshi raqobatlashadi.

Fikrlar