Jerrard: "Penalti juda kulgili edi"
"Liverpul" klubi sobiq sardori va jamoa afsonasi Stiven Jerrard "Real" hamda "Manchester Siti" uchrashuvida belgilangan penaltiga munosabat bildirdi.
"Aslini olganda, bu ahmoqlik edi. Avvallari Ryudigerga ko‘p marta tasannolar aytganmiz, chunki u raqibni juda zo‘r qo‘riqlaydi. U o‘z jismoniy holatidan foydalanib, hujumchilarga qarshi kurashishni yaxshi ko‘radi. Shunday bo‘lsa-da, o‘sha vaziyatda qilgan ishi ahmoqlik edi. Sababi, jarima maydonida bunday qilishni to‘g‘ri, deb hisoblamayman. Ayniqsa, kameralar soni va VAR borligi inobatga olsak.
Hakamning ekranga yaqinlashgani meni hayron qoldirdi. Axir, bu 100 foiz penalti edi", - dedi angliyalik sobiq futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda bo‘lib o‘tgan "Real Madrid" va "Manchester Siti" uchrashuvi mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar