Jezusga APLdan ikkita ish chiqdi

  • 21.08.2026 16:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Arsenal» jamoasi hujumchisi Gabriyel Jezusga Angliya premyer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Sky Sports News xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda braziliyalik futbolchi bo‘yicha «Everton» va «Ipsvich» klublari rasmiy so‘rov yo‘llagan. Ma’lumotlarga qaraganda, 29 yoshli forvard agar «Arsenal»ni tark etsa, faoliyatini aynan Angliya chempionatida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Gabriyel Jezusga bo‘lgan qiziqish faqat Angliya bilan cheklanib qolmayapti. Unga Italiya ning «Napoli» klubi ham da’vog ar sifatida tilga olinmoqda. 

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 17 million yevro atrofida baholamoqda. Uning «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarida o‘z nihoyasiga yetadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!