
Jo Vilfrid Tsonga mezbon tennischini sharmanda qildi
Frantsiyalik Jo Vilfrid Tsonga va germaniyalik Misha Zvereva Shtutgart shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ilk bosqichida o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuvda Jo raqibini dastlabki setda 6:3 hisobida enggan bo‘lsa, ikkinchi setda birorta ham geymni boy bermadi.
Shu tariqa "Mercedes Cup"ning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Tsonga endi kanadalik Milosh Raonich yoki avstraliyalik Aleksey Popirin bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar