Joel Kojo tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 15.12.2024 19:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Dinamo" klubi futbolchisi Joel Kojo Eronning "Istiqlol" klubiga ko‘chib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. 

Kojo Tehronda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shartnoma yaqin kunlarda imzolanadi. Bu haqda eronlik jurnalist Erfan Husayniy xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, Kojo 2024 yilgi mavsum Superligada 24 ta o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!