
Jokovich finalga chiqdi
Rimda o‘tayotgan "Masters" turnirining birinchi yarim finali ortda qoldi. Unda Novak Jokovich hamda Kasper Ruud final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.
Birinchi setda jamoalar nisbatan teng kuch bilan o‘ynagan bo‘lsa-da, Jokovich brek-point evaziga uni o‘z hisobiga qayd etdi. Ruhiy ustunlikka erishgan 1-raqamli raketka ustasi ikkinchi setni xotirjam hal qildi. Yakuniy hisob 7:5, 6:3.
Endi serbiyalik tennischi hal qiluvchi bahsda Shapovalov va Shvartsman juftligi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar