
Jon Isner kutilmaganda qoqildi
Amerikalik Jon Isner Delrey-Bichda davom etayotgan musobaqada germaniyalik Peter Goyovchikga qarshi kortga chiqdi.
Musobaqaning chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yin keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Ushbu uchrashuvning har bir seti tay-brekka qadar davom etgan uchrashuvda Peterning qo‘li baland keldi.
Endi u "Delray Beach Open - 2018" turnirining chorak finalida ikki amerikalik Jek Sok va Reylli Opelka o‘rtasidagi bellashuv g‘olibi bilan raqobatlashadi.
Fikrlar