Jon Stounzga jiddiy ish chiqdi
Bundesliga chempioni “Bavariya” mavsum yakunida “Manchester Siti”ni tark etadigan tajribali markaziy himoyachi Jon Stounzni oʻz tarkibiga qoʻshib olish harakatini boshladi.
Bu haqida Daily Mail xabar berdi.
Manbaning taʼkidlashicha, agar Myunxen klubini 31 yoshli tajribali futbolchini erkin agent sifatida oʻz safiga bepul qoʻshib olish imkoniyati jiddiy qiziqtirmoqda.
Angliyalik himoyachi 2016 yilning yozidan buyon “Manchester Siti”da oʻynab kelmoqda va 30 iyun kuni uning amaldagi shartnomasi oʻz yakuniga yetadi.
Joriy mavsumda Stounz barcha musobaqalarda 17 ta oʻyinda maydonga tushdi xolos. U oxirgi vaqtlarda jarohati koʻpayib ketgani va jismoniy holati tufayli asosiy tarkibdagi oʻrnini boy bergan.
Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar