Jo‘rabek Karimov chorak finalga chiqish arafasida
Umidli tennischimiz Jo‘rabek Karimov Rossiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning chorak final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi.
Jo‘rabek “Fyuchers” musobaqasining yakkalik bahslari asosiy to‘rida rossiyalik Aleksey Zaxarovni birinchi davrada 2:6, 6:4 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bugun bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqichda tennischimiz yana bir rus tennischisi Dmitriy Voroninga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar