
Jo‘rabek Karimov ikkinchi davrada
Asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida qur’a natijasiga ko‘ra, ikki hamyurtimiz – Olimjon Nabiev va Jo‘rabek Karimov o‘zaro to‘qnash keldi.
Gruziyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda Jo‘rabek yosh tennischimizni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Karimov ikkinchi davrada belaruslik Aleksandr Bulitski bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar