
Jo‘rabek Karimov yarim finalda
Iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov Ukrainada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda yarim finalga chiqdi.
Yakkalik bahslarining chorak finalida Jo‘rabek mezbon tennischi Oleg Dolgosheevga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda Karimov 6:1, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Endi J.Karimov turnirning yarim finalida braziliyalik Jordan Korreiya bilan raqobatlashadi. Mazkur o‘yinda tennischimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar