Joshua Klichkodan 4 kilogramm og‘ir chiqdi
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua ukrainalik Vladimir Klichkodan 4,4 kilogrammga og‘ir vaznga ega ekan. Bu kecha bokschilarning super to‘qnashuvi oldidan o‘tkazilgan vazn tortish marosimida ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Joshua 113,4 kilogramm, Klichko esa 109 kilogramm “tosh bosgan”. Sportchilarning bo‘yi esa 198 santimetrni tashkil qilgan.
41 yoshli Klichko professional faoliyati davomida 64 g‘alaba (53 nokaut) va 4 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, 27 yoshli Joshua 18 jangning barchasini nokaut bilan o‘z foydasiga hal qilgan.
Bu bokschilarning to‘qnashuvi bugun tunda Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar