
Jozef Parker super bokschini nishonga oldi!
Og‘ir vazn toifasidagi taniqli bokschi Jozef Parker ukrainalik Aleksandr Usik bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men avval Daniel Dyubuaga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, chempion bo‘lishim kerak. Shundan so‘ng Usik bilan bemalol jang qilishim mumkin"- dedi Jozef "Talk Sport" ning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan katta boks oqshomida Parker Dyubuaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar