Juda alamli! Rafinyadan yuz oʻgirishdi

  • 23.07.2026 11:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning hujumchi vingeri Rafinya Dias Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi. Diario Sport nashrining xabar berishicha, saudiyaliklar asosiy e’tiborini «Vest Xem» yarim himoyachisi Krisensio Sammervillni sotib olishga qaratgani uchun kataloniyaliklar yulduzi bo‘yicha kurashdan chetga chiqdi. 

Shuningdek, avvalroq Rafinyaning o‘zi ham «Al-Hilol» taklifini rad etgani ma’lum qilingan edi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rafinyaning bozor qiymati hozirda 70 million yevro atrofida baholanmoqda. 29 yoshli braziliyalik futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Rafinya Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa tarkibida 33 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!