
Kanchelskis yana intervyu berdi
"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba haqida fikr bildirdi.
"Pogba doim MYudan ketaman, deyaveradi. Menimcha, u shunchaki klubdan ketishi kerak. Menga yoqmayapti, menga bu ish ma’qul emas, ketishni istayman, deb yurmay, ket bo‘ldi, muammo yo‘q.
Bu borada, uning agenti Mino Rayola ham katta muammo bo‘lmoqda. Agent doim u Manchesterda baxtsiz ekanligini aytadi.
Agar, sen "Manchester Yunayted" uchun o‘ynamoqchi bo‘lsang, chin yurakdan, 100 foiz kuchingni berishing lozim. Afsus, Pogba ajoyib futbolchi," - dedi Kanchelskis.
Fikrlar