Kandreva "Inter"ni tark etmaydi

  • 5 avgust, 2017, 15:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” klubi yarim himoyachisi Antonio Kandreva yozgi transferlar mavsumida jamoani tark etmaydi. Bu haqda futbolchining agenti Federiko Pastorello ma’lum qilgan.

Tecno

– Kandreva “Inter”ning asosiy o‘yinchilaridan biri. Men uning ketishiga hech qanday sabab ko‘rmayapman. U klubda qoladi. Kandreva jamoa ustozi Luchano Spalletti bilan yaxshi aloqani yo‘lga qo‘ygan, –  deya agentning so‘zlarini keltiradi Salciomercato nashri.

Avvalroq futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirayotgan edi. Uni Italiya terma jamoasi sobiq ustozi Antonio Konte Londonga olib kelishni rejalashtirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!