
Karate WKF. Tailanddan 8 ta medal!
Joriy yilning 22-24 fevral kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida karate WKF bo‘yicha jahon kubogi tasnifiga kiruvchi "Tayland Karate Cup International Chempionships-2025" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro musobaqada 20ga yaqin davlatdan eng sara sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada sport delegatsiya rahbari Shoxrux Jo‘raev boshchiligidagi karatechilarimiz g‘alabali natijalarga erishdi. Xususan, Toshkent viloyati jamoasining ham ishtiroki e’tiroflarga sazovor bo‘ldi.
Mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etgan tajribali murabbiylar Dilshod Yusupov (Toshkent tumani) va Hamdamjon Shodibekov (Bekobod sh.) shogirdlari matonat ko‘rsatib, 4 ta oltin va 4 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi va g‘oliblar qatoridan joy olishdi. Musobaqa yakunida esa terma jamoamiz umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Demak, g‘olib va sovrindorlar bilan tanishamiz:
Oltin medal
Rustamjon Sobirov (Bekobod sh.)
Jaloliddin Aripov (Bekobod sh.)
Kamronbek Kamilov (Bekobod sh.)
Kamronbek Rustamjonov (Bekobod sh.)
Kumush medal
Saidkamol Adilov (Toshkent t.)
Zubayir Azadov (Toshkent t)
Kamronbek Abduqayumoa (Bekobod sh.)
Ziyovuddin Imomov (Bekobod sh.)
Shuningdek, murabbiylar Dilshod Yusupov va Hamdamjon Shodibekovlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.
Fikrlar