Karim Benzema qaerda o‘ynashini aytdi
Saudiya Arabistonining «Al‑Hilol» jamoasida to‘p surib kelayotgan fransuz hujumchisi Karim Benzema joriy mavsumda klubni tark etmasligini ma’lum qildi.
- Men «Al‑Hilol»da qolaman, — deya uning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida keltirgan.
Karim Benzema 2026 yil fevral oyida «Al‑Ittihod»ni tark etgach, rasmiy «Al‑Hilol» safiga qo‘shilgan edi.
Uning professional faoliyati «Lyon» klubida boshlangan. 2009 yilda u «Real» bilan shartnoma imzolab, Madrid jamoasi safida 14 mavsum o‘ynadi va 25 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida besh bor qo‘lga kiritilgan Chempionlar ligasi kuboklari ham bor.
2022 yilda Benzema dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
2023 yil yozida u «Real»ni tark etib, «Al‑Ittihod»ga o‘tdi va u yerda Saudiya Arabistoni chempionati hamda mamlakat kubogini yutib, keyinchalik «Al‑Hilol»ga yo‘l oldi.

Fikrlar