Karim kelyapti, "Barsa"ni kim tark etadi?

  • 09.07.2026 16:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» klubi «Borussiya Dortmund» jamoasi hujumkor futbolchisi Karim Adeyemini sotib olishga yaqin turibdi. Florian Plettenberg xabariga koʻra, transfer amalga oshirilgandan soʻng kataloniyaliklar tarkibdagi oʻyinchilardan biri - Runi Bardji bilan xayrlashishi mumkin.

Manba maʼlumoticha, «Barselona» 24 yoshli Adeyemi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini toʻliq kelishib olgan. Jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik futbolchi bilan telefon orqali shaxsan suhbatlashib, uni klub loyihasiga qoʻshilishiga ishontirgan. 

Ispaniya klubi Adeyemining tezkorligi va bir nechta hujum pozitsiyasida oʻynay olish qobiliyatini yuqori baholamoqda. Hozircha «Barselona» va «Borussiya» oʻrtasida transfer toʻlovi miqdori yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.

Adeyemining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan. Futbolchining uni uzaytirish niyati yoʻq, bu esa ehtimoliy oʻtish jarayonini ancha osonlashtirmoqda. 20 yoshli shved vingeri Bardji oʻtgan mavsumda «Barselona» tarkibida 28 oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!