
“Barsa”ga Karim kerak
“Barselona” tarkibini kuchaytirish uchun Avstriyadan yangi o‘yinchi topdi. Kataloniyaliklar nazariga “Zaltsburg”ning 20 yoshli hujumchisi Karim Konate tushgan.
Taniqli jurnalist Raul Kabrera Ximenesning ma’lum qilishicha, “Barselona” rahbariyati bu forvard ayni paytda jamoaning asosiy to‘purari bo‘lib turgan Robert Levandovskiga yaxshi o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.
Robert Levandovski samarali o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, yoshi o‘tib qolmoqda. Shu bois, kataloniyaliklar 36 yoshli forvardga o‘rinbosar qidiryapti.
Karim Konateni olish uchun ispan grandi avstriyaliklarga 35 million evro atrofida badal puli to‘lagiga to‘g‘ri keladi. Ivuarlik forvardga Angliya klublari ham xaridor bo‘layotgan transferni qiyinlashtiradi.
Karim Konate “Zaltsburg”da 2022 yildan beri to‘p tepyapti. Mohir hujumchi shu paytga qadar barcha turnirlarda 56 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar