Karimov va Bazerra "Paxtakor"ning eng yaxshi assistentlari

  • 31 oktabr, 2017, 20:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2017 yilgi mavsumda "Paxtakor"da gol bilan tugagan to‘p oshirishlarini uddalagan futbolchilar ro‘yxatini Sherzod Karimov va Tiago Bezerra boshqarmoqda, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Har ikki yarim himoyachi 7 martadan jamoadoshlarining gol urishiga aniq to‘p oshirishlari bilan ko‘maklashib yuborgan. Gidi Kanyuk hisobida gol bilan tugagan 6ta uzatma mavjud. Ushbu mavsum o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatayotgan Suhrob Nurullaev esa 4 to‘p kiritilishida so‘nggi pas bilan ishtirok etgan.

Jami 11 nafar futbolchi "Paxtakor"ning joriy chempionatda raqib darvozasiga gol urishida o‘z uzatmalari bilan qatnashgan.

Quyida ularning to‘liq ro‘yxati bilan tanishing:

7 - Sherzod Karimov va Tiago Bezerra
6 - Gidi Kanyuk
4 - Suhrob Nurullaev
2 - Stanislav Andreev, Igor Sergeev, Jamshid Iskanderov
1 - Vladimir Kozak, Jasur Hakimov, Jasur Yaxshiboev, Hojiakbar Alijonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!