Karlo Anchelotti kutilmagan durangdan keyin nimalar dedi?
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionatining 1-turida Marokashga qarshi o‘yindan keyin uchrashuv haqida fikr bildirdi.
- O‘yinni yaxshi boshlay olmadik, deb hisoblayman. Jamoa biroz hayajonlangan edi, ko‘p to‘p yo‘qotdik, kurashlarda yutqazdik. Birinchi taym biz uchun omadsiz chiqdi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni ancha yaxshiladik. Bu oson o‘yin emasdi, chunki Marokash juda kuchli jamoa.
Albatta, ma’lum darajada hayajon bor edi. Birinchi taymda raqiblar bizning bosimimizdan oson chiqib ketishdi va xavfli qarshi hujumlar uyushtirishdi. O‘yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz mumkin edi. Shunga qaramay, natijadan qoniqdim.
Albatta, turnirni yaxshiroq boshlamoqchi edik, lekin bunday holatlar bo‘lib turadi, chunki Marokash juda kuchli raqib. Endi barcha e’tiborni keyingi o‘yinga qaratmoqimiz kerak.
O‘yin, ayniqsa birinchi taym, juda og‘ir kechdi. Jamoa asabiylashdi, to‘pni ko‘p yo‘qotdi, maydondagi muvozanat yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda ancha yaxshiroq o‘ynadik. Keyingi o‘yinda jamoa yanada kuchliroq bo‘ladi, deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda bizda jiddiy muammo bor edi: juda ko‘p to‘p yo‘qotdik. O‘yinning shu jihatini albatta yaxshilashga to‘g‘ri keladi.
O‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Jahon chempionatidagi ilk o‘yinda har narsa sodir bo‘lishi mumkin. Turnirni darhol ideal darajada boshlash amri mahol. Natijani yomon, deb bo‘lmaydi, ammo o‘sishimiz, kuchayishimiz shart.
Jahon chempionati birinchi o‘yindayoq yutilmaydi. Jamoa oxirgi daqiqalargacha kurashdi. Qaysi tomonlar ustida ishlashimiz kerakligini juda yaxshi tushunib turibman. Ikkita nazorat uchrashuvida yaxshi ishlagan jihatlarimiz bugungi o‘yinning birinchi taymida samara bermadi. Ishni davom ettirishimiz, jamoani yanada muvozanatli va hujumda agressivroq qilishimiz kerak, – dedi Anchelotti.
- Bu natija jamoaning ishonchiga ta’sir qilishi mumkinmi?
- Aslo unday emas. Tushunish kerakki, turnirdagi debut o‘yin turli sabablarga ko‘ra kutilganidek o‘tmasligi mumkin. Lekin biz olga qarab harakat qilishimiz, keyingi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Asosiy maqsadimiz – guruhdan chiqish va turnir davomida qadam-baqadam kuchayib borish, – deya ta’kidladi Anchelotti.

Fikrlar