Karolin Garsiya ishonchni oqladi
BAAda o‘tayotgan turnirning birinchi davrasida frantsiyalik Karolin Garsiya va chexiyalik Lyusi Shafarjova o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur o‘yinda Karolin raqibini 6:3, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, “Dubai Duty Free Tennis Championships – 2018” musobaqasining navbatdagi bosqichida rossiyalik Ekaterina Makarovasha qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Shuningdek, estoniyalik Anett Kontaveyt avstraliyalik Samanta Stosurni 1:6, 6:2, 6:4 hisobid engdi. Endi ikkinchi davrada u yaponiyalik Naomi Osakani sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar