Karolin Garsiya Rossiyada qoqildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik tennischi Karolin Garsiya Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan xalqaro turnirning birinchi davrasidan o‘ta olmadi.

Karolin ushbu bosqichda hamyurti Fione Ferroga qarshi kortga chiqib, yakunda 5:7, 6:3, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, "St.Petersburg Ladies Trophy" turnirining ikkinchi davrasiga chiqqan Ferro, endi qozog‘istonlik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!