Karvaxal: "U hali yanada kuchayadi"

  • 12 dekabr, 2024, 17:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atalanta”ga qarshi o‘yindan so‘ng Dani Karvaxal “Real Madrid”ni o‘yini va Mbappening jarohati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Albatta, mavsum davomida har doim jamoada ko‘tarilishlar va pasayishlar kuzatiladi, ammo hozir qiyin o‘yinlarda ikkita ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, jamoa oldinga bir qadam tashladi va o‘ziga bo‘lgan ishonch yanada ortirdi. Tanaffusgacha uchta o‘yin qoldi – biz o‘zimizni yaxshilashni va yilning ajoyib kulminatsiyasi bo‘ladigan Qit’alararo kubokda g‘alaba qozonishni istaymiz. 

Mbappening jarohati jiddiy emasdek. U o‘yinni juda yaxshi boshladi va gol ham urdi. Umid qilamanki, bundan buyon mavsum oxirigacha u yanada kuchayadi”, - dedi  “Real” himoyachisi. 

Ma’lumot uchun, ispaniyalik futbolchi “Vilyarreal”ga qarshi bahsda xochsimon paylaridan jarohat olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!