Karvaxal: Ular juda kuchli edi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Daniel Karvaxal Chempionlar ligasini tark etgani haqida fikr bildirdi.
Madridliklar Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida "Manchester Siti"ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi (birinchi o‘yin - 1:1)
- Raqib yaxshiroq edi. Boshidan oxirigacha. Ular bizni bosim ostida ushlab turdi va bu natijada aks etdi.
- Reja qanday edi?
- Ochig‘i, juda qiynaldik. Ular juda kuchli. Lekin birinchi o‘yindan keyin hammamiz to‘pga yaxshiroq egalik qilamiz, deb o‘ylaganimiz rost.
- Mavsum haqida nima deya olasiz?
- To‘g‘ri, bizda hali ham o‘yinlar bor va biz imkon qadar yaxshiroq natijaga erishmoqchimiz. Yana finalga chiqa olmaganimiz achinarli, Ammo yaxshiroq o‘ynagan raqibni tabriklashimiz kerak va boshni ko‘tarib ketamiz. Bizda yosh futbolchilar bor. Ularning aksari muvaffaqiyatga chanqoq. Kuchliroq bo‘lib qaytamiz.



Fikrlar