
Kellini yana jarohat oldi
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining "Portu"ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsida jarohat oldi.
Tibbiy xulosalarga ko‘ra, 36 yoshli futbolchining son mushaklari shikastlangan. U o‘yinning 34-daqiqasida zaxiraga olindi va uning o‘rniga uchrashuvni Merix Demiral davom ettirdi.
Kellini joriy mavsum “Yuventus” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar