Kevin de Bryuyne yangi jamoa tanladi

  • 31.05.2025 10:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester siti”dagi o‘n yillik faoliyatini yakunlagan Kevin de Bryuyne o‘ziga yangi jamoa tanlash jarayonida Evropada qolishni ma’lum ko‘rdi.

AQSh va Saudiya Arabistoni klublaridan tushgan mo‘may daromadli takliflarni qabul qilmagan 33 yoshli futbolchi Italiya chempioni “Napoli”ni tanladi.

Italiyalik insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, belgiyalik pleymeyker neapolliklar bilan muzokarani yakunlash arafasida turibdi. Tomonlar hamkorlikning barcha bandlarini kelishib bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, tez orada shartnoma rasmiylashtiriladi.

Kevin de Bryuynening manchesterliklar bilan bitimi 30 iyun kuni rasman yakunlanadi. “Shaharliklar” safidagi faoliyati davomida mohir futbolchi jami 18 ta sovringa ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!