Keyn oʻziga jamoa tanladi
«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn yaqin kunlarda myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bu haqida Times Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shu hafta klub va futbolchi tomoni yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.
Keyn shartnomani 2029 yilning yozigacha uzaytirishga rozilik beradi.
Harri Keyn «Bavariya» safida 2023 yil avgustidan beri to‘p surmoqda. Ungacha u «Tottenxem» jamoasida o‘ynagan.
O‘tgan mavsumda angliyalik goleador 51 uchrashuvda 61 marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Shuningdek, u jamoadoshlariga yetti golli pas berdi.

Fikrlar