Kiki Berten Amerikaga borishdan qo‘qrmoqda

  • 10 iyul, 2020, 13:33
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Gollandiyalik tennischi Kiki Bertens Amerika ochiq chempionati haqida nimalar kutayotgani haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

" US Open'da ishtirok etish uchun bir qarorga kelishim kerak. Hozirda turnir tashkilotchilari musobaqani qanday tashkil etishi haqida o‘ylamoqdaman. Bizga ko‘plab davlatlarga borish ta’qiqlab qo‘yilgan. AQShga boradigan bo‘lsam o‘zimni katta xatarga qo‘yishga majbur bo‘laman. Men Amerika ochiq chempionatida qatnashishim uchun ko‘p narsalar yaxshi tomonga o‘zgarishi kerak. Hozircha jahondagi vaziyatni kuzatib turaman. Ayni damda aniq qarorga kelish qiyin. 

Bir qator tennischilar bilan gaplashdim. Ularning ham mazkur musobaqada ishtirok etishiga unchalik xohishi yo‘q. US Open'da faqat asosiy to‘r bahslari o‘tkaziladi. Bu esa faqat 100 nafar tennischi o‘ynashi mumkin va ular ochkoni qo‘lga kiritadi degani. Bu nohaqlik! Men "USTA"ni ham tushunaman. Lekin mazkur musobaqani o‘tkazish uchun boshqacha yo‘l tanlash kerak. Sababi, asosiy to‘rdagilardan tashqari tennischilar reyting ochkolariga ega bo‘la olmaydi va turgan o‘rni pasayib ketadi", – deydi Kiki.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!