Kim qaysi raqamda? "Real"chilar raqam tanladi
«Real Madrid» klubi 2026/2027 yilgi mavsumda jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilar qaysi raqam ostida maydonga tushishini e’lon qildi.
Himoyachi Ibraima Konate 16-raqamni tanladi. Mark Kukurelya 17-raqam ostida o‘ynaydi, Denzel Dumfris esa 24-raqam bilan maydonga tushadi.
Yarim himoyachi Bernardu Silvaga 20-raqam berildi. Yan Diomande 25-raqamni oldi, Karlos Espi esa 19-raqam sohibi bo‘ldi.
Raul Asensio 2-raqamni egalladi — ushbu raqam Daniel Karvaxal jamoani tark etganidan so‘ng bo‘sh qolgan edi. Din Xöysenga avval David Alaba o‘ynagan 4-raqam berildi. Hujumchi Endrik esa «Lyon» klubidan ijaradan qaytgach, yana 9-raqamni tanladi.
Ispaniya chempionati — La Liganing yangi mavsumi 15 avgust kuni start oladi. «Real Madrid»ning 2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk uchrashuvi 22 avgustga belgilangan — jamoa «Espan’ol»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar