
Klopp katta transferga qo‘l uradi
“Liverpul” Angliya chempionligi uchun kurashda “Manchester Siti” va “Arsenal”ga jiddiy raqobat ko‘rsatishi uchun tarkibni yanada kuchaytirishni rejalashtiryapti.
Avvalroq, liverpulliklar jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Muhammad Saloh o‘rniga “Bavariya” hujumchisi Leroy Saneni transfer qilmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.
Endi Yurgen Klopp o‘z jamoasida myunxenliklarning yana bir o‘yinchisi – Jamol Musialani ko‘rmoqchi. Bu haqda SportBild nashri xabar berdi.
Musiala hozirgiga qaraganda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayapti. Buning uchun iste’dodli hujumkor futbolchi jamoasini o‘zgartirishga ham tayyor.
Yurgen Klopp esa, uning mahoratini yuqori baholayapti.
20 yoshli Musiala bugungi kunda 110 million evroga baholanyapti. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar