
Klopp "Yuventus"ga rad javobini berdi
Turinning "Yuventus" klubi "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan bog‘landi. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “keksa sinora” rahbariyati 51 yoshli germaniyalik mutaxassisni mavsum yakunlangach jamoadan ketishi e’lon qilingan Massimiliano Allegrining o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rgan. Biroq, Klopp turinliklarning bu boradagi taklifiga rad javobini bergan.
Ma’lumot uchun, Kloppning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Xabarlarga qaraganda tomonlar tez orada ushbu kelishuvni yana 5 yilga uzaytirishadi.
Ayni damda “Yuventus” bosh murabbiyligi uchun “Latsio” ustozi Simone Indzagi nomzodi ilgari surilmoqda.
Fikrlar