
Komil Gadjiev:"Ankalaev UFC ga kerak emas, chunki..."
Taniqli rossiyalik promouter Komil Gadjiev Magomed Ankalaev haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Men anchadan beri UFC ga Magomed kerak emasligini aytaman. Buning sabablari ko‘p. Birinchidan, u OAV bilan anjumanlarda juda zerikarli ishtirok etadi, ikkinchidan, u Pereyra uchun noqulay raqib. Agar Ankalaev jangda ustunlik qilsa, UFC yulduzi bo‘lgan Aleks uchun ham yaxshi emas. UFC da 77 kg da Islom Maxachev ham bor ya’niki yana bir dog‘istonlik. Bir turnirda ikki dog‘istonlikning chempionligi intrigani pasaytiradi. Menimcha, UFC muvozanatni ushlab turish uchun ham Ankalaevni tituldan uzoqroq tutadi”, — dedi Gadjiev You Tube dagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC Fight Night 234" turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Ankalaev(18-1-1-1 N/C) braziliyalik Jonni Uokerni nokautga uchratgan edi. Endi u "UFC 308" da Aleksandr Rakich(14-4) bilan bahs olib boradi.
Fikrlar