Konate uchun PSJ, "Real" va "Bavariya" kurashmoqda

  • 29.05.2026 17:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate bir qator top-klublar qiziqish doirasiga tushdi.

Avvalroq 27 yoshli futbolchi "qizillar" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani va jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, fransuz futbolchisiga yaqin manbalar muzokaralar to‘xtab qolganini va tomonlar kelishuvga erisha olmasligini aytmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, bunday vaziyat "Liverpul"ning omad siz mavsumi ortidan klub ichida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli paydo bo‘lgan. Xususan, Konatening shartnoma tuzilishi va maosh miqdori borasida fikrlar turlicha bo‘lgan.

Avvalroq himoyachini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar PSJ ekani aytilgandi. Shuningdek, L’Equipe ma’lum qilishicha, "Real", "Bavariya" va "Chelsi" ham futbolchi uchun kurashga qo‘shiladi.

Fransiya terma jamoasi a’zosi o‘z kelajagi bo‘yicha qarorni JCh–2026 boshlanishidan oldin qabul qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!