Konor MakGregorning navbatdagi ikki raqibi kim bo‘ladi?

  • 14 aprel, 2020, 15:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Maykl Bisping irlandiyalik Konor MakGregorni navbatdagi janglari borasida o‘z taxminlarini bildirdi.

Tecno

"Konorning navbatdagi jangi Neyt Dias bilan trilogiya bo‘ladi. MakGregor Dias haqida gapirdi va ular o‘rtasidagi trilogiya moliyaviy jihatidan ham juda yaxshi ko‘rinish oladi. Konor Diasni bu jangga rozi qilsa kerak. Chunki Neyt har doim o‘rtacha jangchi bo‘lgan. U o‘z faoliyatini Konorni bir marta mag‘lubiyatga uchratish asosida qurdi. Biz bu yili irlandiyalikni Dias bilan uchinchi to‘qnashuvini ko‘rishimiz mumkin. So‘ngra Konor Xabib bilan jang qiladi. Bu mening taxminim”,- dedi Bisping o‘zining Youtube kanalidagi chiqishida.

Ma’lumot uchun, MakGregorning Diasga qarshi birinchi jangi 2016 yilning martda bo‘lgan va unda Dias g‘alaba qozonadi. O‘sha yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan revansh jangida esa, Konorning qo‘li baland keladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!