Konte "Inter"ga Beylni olib kelmochi
"Football Italia" Manbasining ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassis klub rahbariyatiga uelslik futbolchini Milanga olib kelishni so‘ragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zidan Beylni "Real"ning asosiy tarkibida ko‘rmayapti.
O‘tgan mavsumda 29 yoshli Garet "Real" klubi uchun barcha musobaqalarda 42 uchrashuv o‘tkazgan va 14 ta gol urgan. "Real" bilan o‘yinchining shartnoma muddati 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar