"Konya-2021". Medallarimiz soni ortmoqda

  • 14 avgust, 2022, 23:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Konya shahri mezbonligida o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlari tobora qizg‘in tusga kirib bormoqda.

Tecno

Kunning ikkinchi yarmida vakillarimiz medal jamg‘arishni davom ettirdi:

Qilichbozlik. Muhammadyusuf Asranov finalda turkiyalik Martino Minutoni mag‘lub etdi.

Suzish. Erkin usulda bahslarga kirishgan Aleksey Tarasenko 200 metr masofaga kechgan dasturda kumush medal egasiga aylandi. Eldorbek Usmonov 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medaliga ega chiqdi.

Suzuvchi qizlarimiz delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni taqdim qilishdi. 4x200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha estafeta yo‘nalishida Afsona Niyazova, Alyona Vasileva, Sitora Odilova hamda Ulyana Nizmutdinovadan iborat kvartet 9:09.67 daqiqa bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Og‘ir atletika. Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etayotgan yana bir og‘ir atletikachimiz shohsupaga ko‘tarildi. -81 kg vaznda Rigina Adashbaev dast ko‘tarish mashqida 99 kg toshni bo‘ysundirib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Badiiy gimnastika. 

Guruh mashqida ishtirok etayotgan badiiy gimnastikachilarimizdan yana bir ajoyib yangilik. 3 tasma va 2 ta to‘pda o‘z dasturlarini namoyish qilgan qizlarimiz kumush medal bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!