
Korme faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
UFC ikki divizionning sobiq chempioni Daniel Korme faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
"Stipe juda yaxshi ishladi. Chap ko‘zim ko‘rmay qoldi, u menga muammolar tug‘dirdi. Ha, chap ko‘zim umuman ko‘rmayapti.
U meni ko‘p vaqt davomida "klinch"da ushlab turganidan hayratda qoldim.
Avval aytganimdek, bu haqiqatdan ham mening so‘nggi jangim edi. Yaxshi jang bo‘ldi, ammo bu mening jahon chempionligi uchun so‘nggi bor oktagonga chiqishim edi," - dedi 41 yoshli Korme.
Fikrlar