
Korme:"Ayni damda ko‘pchilik muxlislarni bir savol tashvishga solmoqda"
Ikki divizionda sobiq UFC chempioni, amaldagi sharhlovchi va tahlilchi Daniel Korme "UFC 300" yubiley turniri haqida fikr bildirdi:
“To‘g‘risini aytsam, men "UFC 300" ning asosiy jangi qaysi bo‘lishini bilaman, lekin sizga ayta olmayman, chunki men muammoga duch kelib – ishim va pulimni yo‘qotishni xohlamayman. Endi katta savol - bu jang allaqachon e’lon qilingan janglardan yaxshiroq bo‘ladimi yoki u shunchaki yaqinlashib kelayotgan yubiley kardini kuchaytiradimi? Ayni damda ko‘pchilik muxlislarni shu savol tashvishga solmoqda”, — dedi Daniel.
Eslatib o‘tamiz, 14 aprelga o‘tar kechasi Las-Vegasda UFC ning 300 yillik yubiley turniri bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar