Kostaning kuchli tomoni nimada?

  • 26.05.2024 18:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Shon Striklendning murabbiyi Erik Niksik Paulo Kostaning mahorati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 "Paulo sizni burchakka haydaganda xavf tug‘diradi. Shuning uchun Shon u bilan jangda raqibning o‘zini burchakka qadashga harakat qilishi zarur. Pauloning Uittaker bilan bo‘lgan jangida uning kutilmagan oyog‘i zarbalarini tez-tez guvohi bo‘ldik. Shogirdim Shon bo‘lajak jang vaqtida aslo egilib qolmaslikni ta’kidlayapman", – deya mutaxassisdan iqtibos keltiradi MMA Mania.

Eslatib o‘tamiz, Striklend(28-6) va Kosta(14-3) 1 iyun kuni AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 302" turniri doirasida to‘qnash kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!