
Kovachich yozda "Real"ni tark etadi
Italiyaning “Roma” klubi yozgi transferlar mavsumida “Real” futbolchisi Mateo Kovachichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan xabariga ko‘ra, “Roma” Kovachichni 2017 yil yozida ham tarkibga qo‘shib olishga harakat qilgan va bu mavsum yakunida rimliklar ushbu transferni oxriga etkazib qo‘yishmoqchi.
Rim klubi sport direktori Ramon Monchi allaqachon bu borada “Real” vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan, ammo so‘ngi so‘zni “qirollik klubi” ustozi Zinedin Zidan aytadi.
23 yoshli yarim himoyachi bu mavsum Ispaniya Primerasida 7 o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar