Kroos "Real" libosida maydonga qaytadi

  • 10.05.2025 20:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi jamoa afsonalari va Dortmundning “Borussiya” afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Uchrashuv 7 iyun, shanba kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv uchun afishada o‘tgan mavsumda faoliyatini yakunlagan Toni Kroos joy oldi. 

Germaniyalik sobiq futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida afishani joylab, quyidagi yozuvni qoldirdi:

"Bernabeu"da ko‘rishguncha",- deb izoh qoldirdi.

Afsonalar uchrashuvida Kroosdan tashqari yana uch nafar “Real” sobiq futbolchilari — Iker Kasilyas, Pepe va Marselo ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!