Kroos "Real"ning sirini ochdi

  • 10.07.2023 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madridning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos "qirollik klubi"ning kambeklari haqida gapirdi.

"Bu psixologiyaga bog‘liq. Bu ko‘p marta takrorlansa, ishonch ortadi va jamoa bunga ishonadi. Bilasizmi, o‘yinning qaysidir nuqtasida imkoniyat bo‘ladi. Jamoadoshlarim shunday mentalitetga ega, ular hech qachon taslim bo‘lmaydilar. Biz hamma narsaning imkoni borligini bilamiz, shuning uchun biz hech qachon kurashni to‘xtatmaymiz", - deydi futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kroos Madrid grandi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolagan edi. Unga ko‘ra, Toni yana bir mavsum Ispaniya poytaxtida qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!