
Kunde qancha muddatga safdan chiqdi?
"Barselona" himoyachisi Jyul Kundeni jarohat sabab safdan chiqdi. Frantsiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi "Inter"ga qarshi o‘yinda jarohatlandi va birinchi bo‘limda zaxiraga olindi.
Kataloniya klubi Kundening tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qildi, biroq futbolchining tiklanish muddati haqida ma’lumot bermadi. "As" nashrining xabar berishicha, Kundening tiklanishi uchun uch hafta talab etiladi. Bu shuni anglatadiki, frantsiyalik bir qator o‘yinlarni, jumladan, "Inter"ga qarshi javob yarim finalini va La Ligadagi "el-klasiko"ni o‘tkazib yuboradi.
2024/2025 yilgi mavsumda Kunde 53 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, to‘rtta gol urdi va sakkizta golli uzatma berdi.
Fikrlar