
Kutib ol, Tailand, o‘zbeklar kelmoqda!
17 noyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida "Thai Fight" turniri o‘tkaziladi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida ikki nafar professional muaytaychimiz ringga ko‘tariladi. Jumladan, Ahmad Mirzaev shogirdlari, "Bagatir Fight" klubi vakillari Sardor Abdiev tailandlik Sainampetch bilan jang qilsa, Firdavs Erkinov yana bir mezbonlar vakili Vorachaklek bilan bahs yuritadi.
Mazkur muhim janglarda hamyurtlarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar