Kyeza qishda «Liverpul»dan ketishi mumkin

  • 08.09.2026 15:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» tarkibida to‘p surayotgan italyalik hujumchi Federico Kyeza qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

 

Football Insider nashri xabar berishicha, agar 28 yoshli futbolchi yil oxiriga qadar «Liverpool»da yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, qishda jamoasini o‘zgartirishga harakat qiladi. Hozircha Kyeza mushakdagi jarohatidan tiklanish bilan band. U sentabr oyi yakuniga qadar safga qaytishi kutilmoqda. Ayni paytda «Liverpool» Angliya premer-ligasi jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Federico Kyeza mersisayd klubi safida Angliya chempionatida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va bir bor golli uzatma bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!